Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarorlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazmasdan qabul qilish holatlari hali ham davom etmoqda
16:31 / 2021-08-04

Davlatimiz rahbarining adliya organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan farmon va qarorlarida adliya organlarini yagona davlat huquqiy siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydigan professional xizmatga aylantirish nazarda tutilgan.

Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan joriy yilning birinchi yarim yilligida bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, 23 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan. Ularning 22 tasi qonunchilikka muvofiq deb topilgan. 1 tasi esa qonunchilikka nomuvofiqligi sababli qaytarilgan. Boshqarma tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining 32 ta normativ-huquqiy hujjatlari davlat hisobiga olingan. Hisobot davrida mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi qarorlari rasmiy nashrlarda e’lon qilindi.

Normativ tusdagi qarorlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazmasdan qabul qilish holatlari hali ham davom etmoqda. Xususan, 2 ta noqonuniy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi aniqlanib, taqdimnomalar asosida bekor qilindi.

Huquqni qo‘llash sohasida jami 6 ta idoralar faoliyati o‘rganildi. 15 ta idoralarning statistik hujjatlari, shuningdek, 83 ta normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilindi. Shundan 83 ta qonun hujjatlarining ijrosi tahlil qilinib, o‘tkazilgan o‘rganish va tahlillar natijasida 7 marotaba vazirlikka tahliliy ma’lumotlar kiritildi.

Buxoro viloyati adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga joriy yilning birinchi yarim yilligida 1 ming 660 ta ariza va shikoyatlar kelib tushgan. Kelib tushgan murojaatlarning 1 ming 480 tasi hal etilgan. Shundan 823 ta murojaat yoki 56 foizi qanoatlantirilgan. Bundan tashqari, 657 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan. 24 ta murojaat tegishligiga ko‘ra boshqa idora va tashkilotlarga yuborilgan.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan jami 431 ta taqdimnoma, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 96 ta taklif va 1 ming 372 ta ogohnoma kiritilgan.

Kiritilgan taqdimnomalarga asosan intizomiy javobgarlikka tortilgan shaxslar soni 161 tani tashkil qilgan, 90 ta shaxslar esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan. bugungi kunda qoldiqdagi 32 ta taqdimnoma va 6 ta ma’muriy takliflar tegishli idoralar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

To‘lqin Ochilov,  

Buxoro viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i  

O‘zA