Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarorlar mazmun-mohiyati tushuntirildi
12:25 / 2023-09-22

Andijonda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlar palatasi viloyat boshqarmalari mutasaddi va mutaxassislari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Ommaviy axborot vositalari, davlat, nodavlat tashkilotlari axborot xizmatlari vakillari, ijtimoiy tarmoq faollari qatnashgan anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 22 avgustdagi “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi, “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni keng jalb etish doirasida kadastr sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, shuningdek, shu yil 25 avgustdagi 424- son hamda 29 avgust kuni qabul qilingan 426- son qarorlarining mazmun-mohiyati haqida keng ma’lumot va tushunchalar berildi.

Anjumanda yuqorida qayd etilgan qarorning ahamiyati, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va attestatsiyadan o‘tish tartiblari haqida ma’lumotlar berildi.

– Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasi mutaxassislari har uch yilda kamida bir marta malaka oshiradi, – deydi Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i Fayoziddin Berdiqulov. – Bundan tashqari, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar har uch yilda bir marta suhbat shaklida attestatsiyadan o‘tishlari belgilab qo‘yildi.

Mutaxassislar tomonidan keyingi yillarda mamlakatimizda davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda tadbirkorlarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan keng-ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlanib, ana shu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish uchun kelgusida mamlakatimizning barcha hududlarida kadastr muhandisi mutaxassisi faoliyat yuritishi hamda u o‘z faoliyatini yuridik shaxslar bilan mehnat shartnomasi tuzgan yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida amalga oshirishi belgilanganligi qayd etildi.

Shuningdek, anjumanda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish va yagona hujjatga birlashtirish, jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarining yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi faktini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomillari ham batafsil tushuntirldi.

[gallery-13669]

Vazirlar Mahkamasining 426- son qarorida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi belgilanganligi, bunda jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid shikoyatlarini ko‘rib chiqish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi hamda shikoyatlarni ko‘rib chiqishda murojaat etuvchilarning teng huquqliligi, xolislik, qonuniylik, kollegiallik va huquqni qo‘llash amaliyotining bir xilligi prinsiplariga qat’iy rioya qilinishi nazarda tutilganligi alohida qayd etildi.

Anjumanda Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarorlari mazmun-mohiyati bo‘yicha ommaviy axborot vositalari xodimlarini qiziqtirgan boshqa barcha savollarga mutasaddi va mutaxassislar batafsil javob qaytardi.

F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA