Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarorlar mazmun-mohiyati tushuntirildi
10:13 / 2023-08-02

Navoiy viloyat sudida Oliy sud Plenumi qarorlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Oliy sud sudyalari, Navoiy viloyat sudining jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati sudyalari, tuman, shahar va tumanlararo sudi raislari hamda viloyat ma’muriy sudi sudyalari ishtirok etgan tadbirda odil sudlovni ta’minlashning ustuvor vazifalari, chinakam adolatli sud tizimini shakllantirish, adolatli sud qarorlari qabul qilinishiga erishish orqali xalqning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.

Seminarda Plenum qarorlarining mazmun-mohiyati, ularni amalda qo‘llash borasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar muhokama qilindi, – deydi viloyat ma’muriy sudi raisi Akmal Murodov. – Tadbirda asosiy e’tibor Oliy sud Plenumining “Odil sudlovni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”, “Intellektual mulkka oid ishlarni ko‘rib chiqishning ayrim masalalari to‘g‘risida”, “Reabilitatsiya etilgan shaxsga yetkazilgan ziyonni qoplash va uning boshqa huquqlarini tiklash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida” va “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” gi qarorlarini amaliyotda qo‘llash masalasiga qaratildi.

Seminarda sudyalar amaliyotda uchrayotgan masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga Oliy sud sudyalari tomonidan batafsil javob oldi.

 

A.Bo‘riyev, O‘zA