Oliy Majlis Senati a’zolari joylarda bo‘lib, mahalliy Kengashlar deputatlari, kotibiyatlar, tashkilot va muassasalar rahbarlari aholi, xotin-qizlar va yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Uchrashuvlardan maqsad Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini, xususan, mustaqillikning yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlashdagi ahamiyatini aholi o‘rtasida targ‘ib qilish, shuningdek, Senat Kengashining “Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlashdan iborat.
Buxoro viloyatida bo‘lib turgan Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyev Buxoro Pedagogika institutida Senat Kengashining “Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ijrosi muhokama qilindi. Unda Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi J.Ashurov, viloyat hokimi o‘rinbosari B.Adilov, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari kotibiyati mudirlari, boshqarmalar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
Bugungi kunda Buxoro viloyatida 4 ta davlat va 6 ta nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ulardagi 34 ta fakultet, 159 ta kafedrada 308 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va 121 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 99 505 nafar talabalar tahsil olmoqda.
So‘nggi yillar mobaynida viloyatda yangi Buxoro davlat pedagogika instituti va Buxoro davlat texnika universitetlaridan tashqari yana 6 ta nodavlat oliy ta’lim muassasalarining tashkil qilinishi hisobiga oliy ta’lim bilan qamrov darajasi 54 foizga yetkazildi.
Bugungi kunda viloyatda 22 ming 171 nafar maktab bitiruvchilarining 13 ming 308 nafari oliy ta’lim muassasalari va 1 ming 674 nafari texnikumlarga o‘qishga topshirishni reja qilayotgan bo‘lib, 1 ming 227 nafari ishga joylashish, 579 nafari tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, 3 ming 224 nafari o‘zini-o‘zi band qilish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z xohishlarini bildirgan.
Bundan tashqari, professional ta’lim muassasalarini bitirayotgan 7 ming 944 nafar bitiruvchilarning 3 ming 104 nafari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan, 2 ming 117 nafari ishga joylashtirilgan, 198 nafari tadbirkorlikka jalb qilingan, 403 nafari o‘zini-o‘zi band qilgan.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/_wXE53wLC_E" title="Qarorlar ijrosiga bag‘ishlangan uchrashuvlar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Senator parlament yuqori palatasining yaqinda o‘tkazilgan to‘qqizinchi yalpi majlisida muhokama etilgan masalalar haqida ma’lumot berdi. Ta’kidlanishicha, 2025 yil 1-2 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda senatorlar tomonidan 13 ta masala, 9 ta qonun muhokama qilindi. Jamiyat taraqqiyoti, mamlakat rivoji qonun ustuvorligi bilan kafolatlanadi. Har qanday global sharoitda, har qanday vaziyatda inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga yanada jiddiy e’tibor qaratish muhim vazifalardan sanaladi.
[gallery-24812]
Oliy Majlis Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisida ushbu yo‘nalishlarning huquqiy asosini takomillashtirishga oid bir qator qonunlar senatorlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi hamda qizg‘in fikr-mulohazalar bildirildi.
Zarif Komilov, Tohir Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.