“Navoiyuran” davlat korxonasida strategik boshqaruv bilan bog‘liq vazifalarni hal etishga ixtisoslashgan “McKinsey & Company” xalqaro konsalting kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda “Navoiyuran” davlat korxonasi rahbari Jahongir Hasanov davlatimiz rahbarining 2022 yil 14 iyuldagi “2022-2030 yillarda “Navoiyuran” davlat korxonasida uranni qazib olish, qayta ishlash hajmlarini oshirish, uni transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi, transformatsiya jarayonida ishtirok etadigan xalqaro konsalting kompaniyalariga qo‘yiladigan talablar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, kompaniya vakillari tomonidan transformatsiya jarayonlarida ishtirok etish jarayoni taqdimoti o‘tkazildi. Rivojlanish strategiyasi va operatsion samaradorlikni oshirish dasturi bo‘yicha mintaqadagi tog‘-kon sanoatida amalg oshirilgan loyihalar xususida ma’lumot berildi.
Tadbirga kompaniyaning Germaniya, Qatar, Janubiy Afrika Respublikasi va Toshkent shahrida joylashgan ofislaridagi mutaxassis va ekspertlari ZOOM platformasi orqali ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun 1926 yilda AQSHda tashkil etilgan “McKinsey & Company’’ kompaniyasi dunyodagi eng yirik "Katta to‘rtlik" (“Big Four”) konsalting kompaniyalaridan biri bo‘lib, bugungi kunda dunyoning 60 ta davlatida ofislari va 9000 nafar konsultantiga ega xalqaro kompaniya hisoblanadi.
A.Bo‘riyev, O‘zA