Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qaror va ijro: bahoriy bayramlarga tadorik
17:37 / 2022-02-28

Yuqori Chirchiq tumanida Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev madaniyat sohasi vakillari bilan uchrashdi.

 Unda yaqinlashib kelayotgan bahoriy ayyomlar — 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni va Navro‘z umumxalq bayramini ko‘tarinki kayfiyatda, munosib nishonlash yuzasidan san’at va madaniyat xodimlari bilan fikr almashildi.  

Xususan, 8 mart − Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan viloyatdagi aziz va mo‘’tabar ayollarga munosib ehtirom ko‘rsatish, opa-singillarimiz uchun tantanali bayram tadbirini tashkil etishning tashkiliy-madaniy jihatlari xususida so‘z bordi. Xabaringiz bor, Prezidentimizning 2022 yil 17 fevraldagi “2022 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq, mazkur bayram mamlakatimizda “Assalom, Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada nishonlanishi belgilandi. Shundan kelib chiqib, Toshkent viloyatida xalqimizning eng ardoqli milliy bayramlaridan biri – Navro‘zi olamni o‘ziga xos shodiyona sifatida o‘tkazish uchun munosib va mukammal ssenariy tayyorlash, unda milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analirimiz, o‘zligimizni namoyon etuvchi jihatlarni qamrab olish lozimligiga urg‘u berildi. Bu bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan 5 ta yo‘nalishdan iborat ishchi guruh tuzildi.  

– Bir vaqtlar uyga kelgan mehmonlarga xizmat ko‘rsataman, deb yaxshi ma’noda mezbonning tovonidan “olov” chiqib ketgan, – deydi Zoyir Mirzayev. – Hozir mehmonlarga buyurtma ovqat olib keltiramiz. Mehmondo‘stlik, bag‘rikenglik, saxovatpeshalik fazilatlariga yo‘g‘rilgan qadriyatlarimiz, afsuski, ko‘pincha soyada qolib ketayapti. Farzandlarimiz tarbiyasida juda katta ibratli o‘rin tutadigan an’analarimizni asrab-avaylash va tarannum etishda Navro‘z falsafasining o‘rni beqiyos. Navro‘z bayramida tashkil etiladigan sahna ko‘rinishlarida mehmon kutishning milliy qadriyatlarimizga xos jihatlarini ham ko‘zda tutishimiz kerak.  

Viloyat rahbari Navro‘z bayramiga bag‘ishlab vatanimizni, elimizni, olijanob qadriyatlarimizni, chin insoniy tuyg‘ularni tarannum etuvchi yangi qo‘shiqlar yaratish yuzasidan viloyat ijodkorlari oldiga taklif va tavsiyalar qo‘ydi. Ijod namunalarini saralash va ularni munosib rag‘batlantirish lozimligini qayd etdi. Bu masala yuzasidan shoir, bastakor, ijrochi uchligida hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha ijodkorlar fikr-mulohazalarini tingladi.  

Uchrashuvda hududlardagi 33 ta musiqa va san’at maktablarida ta’lim-tarbiya ishlari darajasini tubdan oshirish, iste’dodlarni saralab olish, san’at va madaniyat sohasini rivojlantirish borasida yechimini kutayotgan masalalar bo‘yicha ham so‘z yuritildi.  

A.Musayev,O‘zA.