Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qaror va ijro
13:10 / 2020-11-09

Piskent tumanida ishlab chiqarish va mahsulot yetishtiruvchi korxonalar faoityai kengaymoqda

Ma’lumki, Piskent tumani Toshkent viloyatda boshqa hududlarga nisbatan ishlab chiqarish va eksport salohiyati kabi ko‘rsatkichlarda ancha past darajada hisoblanadi. Shunday bo‘lsa ham so‘nggi yillarda mavjud bo‘sh turgan yerlardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish tarmoqlarini takomillashtirish va aholi bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu jarayonda xorijiy investor va tadbirkorlik sub’ektlarini keng jalb etilayotgani muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Avvallari mazkur tumanda bu kabi tashabbuslarga e’tibor qaratilmagani tufayli hudud iqtisodiyotining drayveri faol tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rivojlantirishga salbiy ta’sir qilgan edi. Ayniqsa, zo‘rma zo‘raki davlat rejalarni bajarish, ish samaradorligini oshirish uchun yangicha yondashuvlardan va innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etilmagan.

Mamlakatimizda hududlarning iqtisodiy tarmoqlarini rivojlantirish borasidagi tashabbusi bilan Piskent tumanida ham keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar amalga oshirilyapti. Aslida bu jarayonlar  maqtanishga arzigulik ko‘rinmasligi ham mumkin. Biroq mavjud imkoniyatlar natijasidan unumli foydalanayotgan tadbirkorlarning sa’y-harakatlarni e’tirof etish o‘rinlidir. Prezidentimizning 2020 yil 21 oktyabrdagi “Eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq Piskent tumani eksport salohiyatini oshirish  va qo‘llab-quvvatlash, eksport hajmlarini ko‘paytirish orqali makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilyapti.

Mazkur jarayonlar bilan yaqindan tanishish maqsadida viloyat hokimligi axborot xizmati tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun Piskent tumanida tashkil etilgan media-turda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Dastlab viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi mutaxassislari, tuman hokimligi mas’ullari tomonidan hududning iqtisodiy salohiyati xususida atroflicha ma’lumot berildi. Xususan, tumanda joriy yil 1 noyabr holatiga 4 million 126,1 ming dollari miqdorida maxsulot eksport qilingan. Shundan, sanoatda 2 million 273,9 ming dollari miqdorida maxsulot, qishloq xo‘jaligida 1 million 145 ming dollari miqdorida meva-sabzavot eksport qilingan. Kelgusida bu borada yanada yuqori natijalarga erishish, buning uchun tadbirkorlik sub’ektlariga qulay sharoit yaratish borasida qilinadi.

Tadbir doirasida jurnalistlarga " SOXOVAT-BROILER" mas’uliyati cheklangan jamiyatida amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish jarayoni ko‘rsatildi. Mazkur korxona “Halol” sertifikatiga ega bo‘lib, joriy yilning oktyabr holatiga 44,4 ming dollar miqdorida eksportni amalga oshirgan. 2016 yilda tashkil etilgan parrandachilik fermasi Germaniya davlati texnologiyalari asosida yuqori sifatli tovuq mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish borasida mamlakatimiz bo‘yicha yetakchi hisoblanadi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, ayni paytda korxonada 220 dan ziyod ish o‘rni yaratilgan. Bu yerda “Venger ROSS 308” navli broyler tovuqlar boqish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ish jarayoni avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Mazkur texnik imuoniyatlar natijasida ushbu parrandachilik fermasida 900 ming parranda boqilayotgan bo‘lib, har kuni 30 mingta parranda so‘yiladi va qayta ishlanadi. Yiliga 11 ming tonna parranda go‘shti yetishtirilib, 20 xildan ortiq go‘sht maxsuloti tayyorlanadi.

Korxona klaster sifatida ishni tashkil etgan bo‘lib, maxsus inkubatoriylarda jo‘ja ochirilib, boqiladi. Uning ozuqasi fabrikaning yem tayyorlash korxonasida tayyorlanadi, 50 gektar yerda ozuqabop ekinlar yetishtiriladi. Ushbu jarayonlarda hozir jami 700 nafar ishchi-xodim mehnat qilmoqda.

Shundan so‘ng media-tur ishtirokchilari “TURON-BIZNES-LIMITED” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan za’faron shifobaxsh o‘simligi yetishtirilgan dala maydonida hosilni yig‘ish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Mazkur loyiha 2018 yilda tuman hokimining tegishli qaroriga asosan “Kul tepa” mahalli fuqarolar yig‘ini hududidagi 15 gektar yer maydonda tashkil etilgan edi. Buning uchun afg‘onistonlik investor Xadi Abdul Xadi tomonidan 1 million 400 ming dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etilgan.

– Bu yil pandemiya tufayli bizga ajratilgan yer maydonlariga za’faron ekishni yakunlay olmagan bo‘lsak ham 2021 yilda to‘liq 15 gektar maydonda katta plantatsiya barpo etimiz, – deydi xorijlik tadbirkor Xadi Abdul Xadi. – Har gektar maydonga 3 tonna o‘simlik urug‘i ekildi. O‘simlikni parvarishlash jarayoni qo‘l mehnati bilan amalga oshiriladi. Buning uchun doimiy 40 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, mavsumda 200 nafarga yaqin ishchi jalb etladi. Ayni paytda yetishtirgan mahsulotlarimizni tashqi va ichki bozorda sotish bo‘yicha maxsus sertifikatlarni olganmiz. Endi O‘zbekiston bozoriga o‘ziga mahsulot realizatsiya qilish uchun hamkorlik shartnomalari kerak bo‘lyapti.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, o‘tgan yili Turkiya davlati bilan qilingan eksport shartnomasi karantin tufayli kechiktirildi. Bu yilgi hosildan Buyuk Britaniyaga har bir kilogramm mahsulot uchun 8 ming dollardan eksport qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, Piskent tumanida yetishtirilgan za’faron o‘simligining sifati xorij laboratoriyalarida tekshirilganda Afg‘oniston, Hindiston davlatlaridagiga qaraganda ancha sifatli ekani aniqlandi.

Toshkent viloyati hokimining tegishli qaroriga muvofiq, Piskent tumanida 2020-2022 yillarda 909 milliard 736 million so‘mlik 36 ta loyixa amalga oshirilishi belgilangan. Natijada 1 ming 350 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Bu borada 2020 yil davomida 154 mlrd 129 mln so‘mlik 12 ta loyihalar ishga tushirilgan bo‘lib, tumanda 304 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Media-tur davomida jurnalistlar hududda olib borilayotgan iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligi tarmoqlari vakillari, tadbirkorlar va ishchilar bilan suhbatlashdi.