Qaror ijrosiga bag‘ishlandi
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filialida gaz ta’minoti filiali, viloyat hokimligi va viloyat prokuraturasi hamkorligida Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 7 maydagi “Energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bo‘yicha ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.
Tadbirda qaror ijrosi yuzasidan viloyatda olib borilayotgan amaliy ishlar haqida fikr yuritildi. Shuningdek, “Saf Boiler”, “Akfa Build” ishlab chiqarish korxonalari vakillari o‘zlarining energiya tejovchi uskunalari haqida taqdimotlar qilindi. Ushbu qurilmalarning qulayliklari, qanday o‘rnatish, tejamkorlik xususiyatiga ega ekanligi borasida batafsil ma’lumotlar berildi. “Soar gaz” gaz jihozlariga xizmat ko‘rsatish tashkiloti boshqaruvchilari tomonidan esa xavfsizlikni ta’minlash hamda xizmat ko‘rsatish sifati haqida ma’lumotlar berildi.



Tadbirda yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.