Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qaror ijrosiga bag‘ishlandi
18:36 / 2021-10-04

Buxoro viloyati Jondor tumanida xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvtlash jamoat fondi tashabbusi bilan "Davlat grantlari to‘g‘risida NNT xodimlari xabardorligini oshirish, loyihalar yozish va taqdim etishda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish" mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda jamoat fondining mas’ulari, tumandagi nodavlat notijorat tashkilotlarining rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 4 martdagi “2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni hamda 3 martdagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori targ‘ibot qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvtlash jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan davlat grantlari hamda davlat ijtimoiy buyurtmasi tanlovlariga ishtirok etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Seminarda Davlat grantlari to‘g‘risida NNT xodimlarini xabardorligini oshirish, loyihalar yozish va taqdim etishda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan NNT vakillari va fondning mas’ul xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari va treninglar tashkil etildi.

Qizg‘in bahs va munozaralar asosida o‘tgan seminarda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.

Zarif Komilov, O‘zA