Qaror ijrosi yuzasidan seminar tashkil etildi
Prezidentning 2025 yil 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori va ushbu qaror ijrosini samarali tashkil etish borasidagi joriy yil 4 apreldagi idoralararo qo‘shma qaror ijrosini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori E.Tadjiyev rahbarligida tashkil etilgan o‘quv seminarga prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, shahar va tuman prokurorlari, ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari jalb qilindi.
Ta’kidlanganidek, har bir shahar va tumanning o‘z ish tajribasi asosida faoliyatni samarali tashkil etish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Nukus shahar tajribasi misolida faoliyatni tahlil qilish natijasi bilan erishilayotgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar muhokama qilindi. So‘ngra shahardagi “qizil toifa”ga kiritilgan mahallalar yettiligi faoliyati bilan joylarga chiqqan holda tanishildi. Tajriba almashinuvi amalga oshirildi va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri