English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qariyb bir million yurtdoshimizning ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi
22:17 / 2021-05-10

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «O‘zsuvta’minot» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Tohir Haydarov ishtirokidagi brifingda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, joriy yil «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasida 3 ming 400 kilometr ichimlik va oqova suv tarmoqlari va 383 ta ichimlik va oqova suv inshootini qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

bugungi kunda 353 ta ob’ektning loyihalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda va bir vaqtning o‘zida qurilish-montaj ishlari boshlangan. Ushbu dasturlar doirasida qurilish-montaj ishlari joriy yilning avgust oyi oxirigacha yakunlanib, ob’ektlarni foydalanishga topshirish mo‘ljallanmoqda. Natijada 963 ming nafar aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanib, 673 mingdan ortiq aholi ilk bor toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

2021 yilda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini rivojlantirish yuzasidan 530 ob’ektda 5910,2 kilometr uzunlikdagi ichimlik suv tarmog‘i va 559 ta inshootda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, joriy yilda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini rivojlantirish bo‘yicha jalb qilingan barcha manbalar hisobidan shakllantirilgan manzilli ro‘yxat asosida 2 trillion 239 milliard so‘m, shu jumladan, investitsiya dasturi doirasida 1 trillion 155 milliard so‘m mablag‘ o‘zlashtirilishi belgilangan.

Ushbu tadbirlarni amalga oshirish jarayonida shu yilning 1 may holatiga ko‘ra, investitsiya dasturi doirasida yildan-yilga o‘tuvchi 81 ta ob’ektning manzilli dasturi tasdiqlanib, 251 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘ moliyalashtirildi. 295 milliard so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarilib, 327 kilometr uzunlikdagi ichimlik va 44 kilometr oqova suv tarmoqlari qurildi va rekonstruksiya qilindi. Yangidan boshlanadigan 82 ta ob’ektning 78 tasida loyiha-smeta xujjatlari ishlab chiqilib, ekspertiza xulosalari olindi. Shuningdek, 4 ta ob’ektning loyihaviy yechimlari murakkabligi sababli loyihalash ishlari 15 mayga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA