Qariyb 70 kg giyohvandlik vositalarining O‘zbekiston hududiga yashirincha olib kirilishiga chek qo‘yildi
Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Otabek Choriyevning O‘zAga xabar berishicha, O‘zbekiston bojxona xizmati organlari so‘nggi 30 yil davomida giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq eng yirik holatni fosh qilgan – 8,5 tonna og‘irlikdagi giyohvandlik vositalarining noqonuniy olib o‘tilishi oldi olingan.
Shuningdek, bugun Surxondaryo viloyatida transport vositasiga yashirilgan salkam 70 kg. giyohvandlik vositasini (geroin va gashish) respublika olib kirishga urinish fosh qilingan.
Mutasaddilar qisqa fursatda bu haqda batafsil axborot taqdim etilishini ma’lum qildi.
<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/e_vRwC1YT-A" title="Qariyb 70 kg giyohvandlik vositalarining O‘zbekiston hududiga yashirincha olib kirilishiga chek qo‘yildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Shahnoza Mamaturopova,
O‘zA