Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qariyb 5 milliard so‘mlik yer maydonlari auksion orqali sotildi
13:54 / 2022-10-14

Joriy yilda Sirdaryo viloyatida 1 ming 965 ta bo‘sh yer uchastkalari auksionga chiqarilgan. Shundan, 321 tasi mulk va ijara huquqi asosida 4 milliard 823 million 765 ming so‘mga sotilgan.

Jumladan, 108 ta yer maydoni mulk huquqi asosida 1 milliard 714 million so‘mga va 213 ta yer maydoni ijara huquqi asosida 3 milliard 109 million so‘mga auksion orqali sotilgan. 
 
Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i Burxon Manasipovning ma’lumotiga ko‘ra, viloyatning Boyovut tumanida 44 ta yer maydoni 419 million, Guliston tumanidan 14 ta yer maydoni 93 million so‘mga, Mirzaobod tumanidan 71 ta yer maydoni 1 milliard 280, Oqoltin tumanidan 25 ta 395 million, Xovos tumanida 16 ta yer maydoni 109 million va Sardoba tumanida 27 tasi 190 million so‘mga sotilgan. 
 
Shuningdek, Sayxunobod tumanida 31 ta yer maydoni 667 million, Sirdaryo tumanida 25 ta yer maydoni 444 million, Shirin shahrida 8 ta yer maydoni 229 million, Guliston shahrida 18 ta yer maydoni 705 million hamda Yangiyer shahrida 28 ta yer maydoni 315 million so‘mga mulk va ijara huquqiqi asosida sotilgan. 
 
Birinchi oktyabr holatiga auksion savdo maydonchasida 1 ming 644 ta bo‘sh yer maydonlari sotuvda qolgan. 

 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA