Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qariyb 4 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi
09:16 / 2023-08-22

Jizzax shahrida faoliyat yuritib kelayotgan «S.» MCHJ tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur MCHJga qarashli pigmentli bo‘yoq ishlab chiqarish korxonasining shartnoma va loyiha ijro - texnik hujjatlarida ko‘rsatilmagan 20 ta bo‘yoq pishirish pechi tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulangan. 

"O‘zenergoinspeksiya" matbuot xizmatiga ko‘ra, ushbu noqonuniy holat tufayli davlat manfaatiga yetkazilgan umumiy zarar miqdori 3 milliard 840 million so‘mni tashkil etgan. Hozirda bu holat bo‘yicha hujjatlar tegishli tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga berilgan. 

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, noqonuniy foydalanilgan bu tabiiy gaz hajmi bilan 19 ming 200 xonadonni bir oy davomida ta’minlash mumkin edi. 

N. Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA