Qariyb 3 milliard so‘m zarar keltirgan noqonuniy mayning qurilmasi faoliyatiga chek qo‘yildi
Ayni kunlarda Farg‘ona viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishning oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Unda aniqlanishicha, Uchko‘prik tumanining «Bog‘ibo‘ston» MFYda faoliyat ko‘rsatuvchi MCHJda fuqaro M.A. o‘zboshimchalik bilan elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib, mayning qurilmalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr tarmog‘iga ulagan va noqonuniy ravishda foydalangan.
Dastlabki qayta xisob-kitoblarga ko‘ra, M.A. tomonidan tizimga 2,8 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.
Ushbu noqonuniy holatga oid hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi
organlarga taqdim qilindi, deyiladi “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabarida.
N.Ziyodullayeva tayyorladi,
O‘zA