Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qariyb 10 ming tonna sanoat chiqindisi 14,6 milliard so‘mga foydalanishga topshirildi 
16:58 / 2024-02-28

Bugungi kunda sanoat chiqindilarini utilizatsiya qilish muhim masalaga aylanmoqda. Shu sababli, chiqindilardan xomashyo sifatida foydalanish bu borada samarali yechimdir.

Shundan kelib chiqib, “O‘zbekneftgaz” AJ ishlab chiqarish chiqindilarining salbiy ta’siri hamda kompensatsiya to‘lovlarini kamaytirishga qaratilgan qator choralar ko‘rmoqda. Deylik, tizimdagi boshqarma va korxonalar tomonidan o‘tgan yili shartnomalar asosida 9514,18 tonna sanoat chiqindisi 14,6 milliard so‘mga foydalanishga topshirildi. 

Xususan, bunda Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi 1331,18 tonna, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 598,1 tonna, Muborak gazni qayta ishlash zavodi 1066,7 tonna, “Uz-Kor Gas Chemical” qo‘shma korxonasi 2412,92 tonna sanoat chiqindilarini shartnoma asosida qayta foydalanish uchun yetkazib bergan. Buning natijasida atrof-muhitga salbiy ta’sirning oldi olinib, chiqindilarni joylashtirgani uchun kompensatsiya to‘lovlari kamaytirildi. 

Ayni paytda “O‘zbekneftgaz” AJda boshqa turdagi ishlab chiqarish chiqindilarini ikkilamchi foydalanishga sotish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda, deyiladi jamiyat axborot xizmati xabarida. 

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA