Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qariyalar uchun tibbiy xizmat
19:31 / 2023-08-23

Andijon shahridagi “Saxovat” keksalar va nogironlar internat uyida yashovchilar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayrami oldidan Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Keksalar salomatligi oyligi” doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filialining malakali shifokorlari tomonidan qariyalar uyida istiqomat qilayotgan 95 nafar keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning salomatligi tekshiruvdan o‘tkazildi.  

[gallery-13228]

– Shifokorlarning tashabbusidan otaxon va onaxonlar behad mamnun bo‘ldi, – deydi “Saxovat uyi” direktori Otabek Ismoilov. – Ayniqsa, yurak xastaliklari doirasida o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar ularning salomatligini muhofaza qilish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kasalliklarning oldini olishga yordam berdi. 

Tibbiy ko‘rik davomida o‘tkir va surunkali xastaliklar bor otaxon va onaxonlar birlamchi bo‘g‘inda ambulator sharoitda, statsionar yordamga muhtojlarning esa tegishli tibbiyot muassasalarida davolanishi belgilandi, ularga yillik davolanish rejalari belgilab berildi.  

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA