Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qardoshlik rishtasini mustahkamlash yo‘lida
22:02 / 2023-12-22

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “O‘zbekiston – Ozarbayjon” do‘stlik jamiyatining 25 yilligiga bag‘ishlangan “Qardoshlik rishtasini mustahkamlash yo‘lida” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, insonning erkinligi, shon-shuhrati va qadr-qimmati jamiyatimizning oliy qadriyatidir. Konstitutsiyamizda mamlakatimiz barcha fuqarolari bir xil huquq va erkinlikka egaligi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar qonun oldida teng ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Konferensiyada so‘zga chiqqan TDPU rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi Rustambek Qurbonov ko‘p ming yillik mustahkam ildizga ega O‘zbekiston – Ozarbayjon munosabati uyg‘un tarix, yagona din, o‘xshash milliy, madaniy va ma’naviy qadriyat, til va etnik umumiylikka asoslanishini ta’kidladi. Xalqlarimizning madaniyati, tili, an’analari shu qadar bir-biriga yaqinki, ayni jihatlar davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. O‘zaro munosabatlarning yangi bosqichi o‘zaro tashriflar, siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar jadal rivojlanishida aks etmoqda.

[gallery-15177]

Do‘stlik aloqalari mustahkamlanishida xalq diplomatiyasi vositasida olib borilayotgan faoliyat muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tadbir davomida jamiyat faollaridan bir guruhiga yurtimizda millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va hamjihatlik muhitini yanada yaxshilashga qo‘shgan hissasi hamda “O‘zbekiston – Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati tashkil etilganining 25 yilligi munosabati bilan qo‘mita faxriy yorlig‘i topshirildi.

So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda hukm surayotgan osoyishtalik, farovon turmush, millatlararo bag‘rikenglik va do‘stlik rishtasini yanada mustahkamlash, bu ne’matlarning qardiga yetish kerakligi haqida fikr bildirdi. Mavzuga oid ma’ruzalar tinglandi.

Go‘zal Sattorova, Nosir Haydarov (surat), O‘zA