FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi “Uchariq” MFYda joylashgan “Kapalak” maktabgacha ta’lim tashkiloti 2021 yilda Tojikiston hukumati tomonidan qurib berilgan.
Ayni kunda 230 nafar kichkintoy tarbiyalanayotgan, zamonaviy shart-sharoitlarga ega ushbu maskan pedagog-tarbiyachilarining kasbiy salohiyati va o‘z ishiga vijdonan yondashishi alohida e’tirofga molikdir. Bog‘chada mental arifmetika, kompyuter savodxonligi va xorijiy tillar to‘garaklari tashkil qilingan.
[gallery-19313]
– Bizning 63-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotimiz ikki qardosh xalqlarning azaliy do‘stligi ramzi sifatida faoliyat yuritmoqda, - deydi mazkur muassasa mudiri Muattarxon Ismoilova. – Bu yerdagi ko‘rgazmalarda ham ikki xalq an’analari va yaqin hamkorligini aks ettiruvchi materiallarga katta e’tibor berilgan. Bir o‘zandan suv ichgan, tarixi, taqdiri, ildizi tutash o‘zbek va tojik birodarligini ulug‘lovchi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinadi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA