French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qardosh xalq raqslarining jozibasi
16:35 / 2019-11-06

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida O‘zbekistonda Qozog‘iston yili doirasida qardosh mamlakatning Milliy xoreografiya akademiyasi talaba-yoshlari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.


O‘zbekistonda Qozog‘iston yili 

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida O‘zbekistonda Qozog‘iston yili doirasida qardosh mamlakatning Milliy xoreografiya akademiyasi talaba-yoshlari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.

Mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekistonda Qozog‘iston yili ko‘tarinki va bayramona ruhi, rang-barang tadbirlari, qamrovining g‘oyat kengligi, ikki xalq o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy aloqalarni tobora mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatga molik bo‘lmoqda.

Ijodiy va jamoat tuzilmalari, oliy o‘quv yurtlari, teatr jamoalari o‘rtasidagi hamkorlik rishtalarining tobora mustahkamlanib borayotgani, san’at festivallari, safarlar, hamkorlikdagi loyihalar tizimli amalga oshirilayotgani do‘stligimizning abadiy ekanini yana bir karra namoyish etmoqda.

Qozoq milliy xoreografiya akademiyasi tashkil topganiga hali unchalik ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa-da, mazkur bilim dargohi iste’dodlarni faol qo‘llab-quvvatlashi, ularni mamlakat va xalqaro miqyosda tanitishga e’tiborni kuchaytirayotgani bilan ahamiyatlidir.

– Akademiyaga ilk qabul 2016 yilda boshlangan, – dedi uning birinchi prorektori, Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, professor Bibigul Nusipjanova. – O‘zbekistonda Qozog‘iston yili bayramona ruhda nishonlanayotganidan xabarimiz bor. Mazkur tadbir uchun maxsus konsert dasturini tayyorladik. U mumtoz balet asarlaridan lavhalar, qozoq raqs namunalarini o‘ziga jamlagan. Safarimiz davomida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida ham bo‘ldik. Talaba-yoshlar, o‘qituvchilar almashinuviga doir dasturlarni hayotga tatbiq etishga kelishib oldik. Ushbu dastur o‘zbek milliy raqs san’ati yoshlarimiz tomonidan o‘rganilishida ham poydevor yaratadi. O‘zbekistonning Usta Olim Komilov, Muhiddin Qoriyoqubov, Tamaraxonim, Halima Nosirova, Galiya Izmaylova, Karim Zokirov singari san’at darg‘alari o‘z mahoratini namoyish etgan sahnasida chiqish bizning yoshlarimiz uchun ulkan sharafdir.

Qozoq milliy xoreorafiya akademiyasining iqtidorli yoshlari tomonidan taqdim etilgan konsert tomoshabinlarga g‘oyat manzur bo‘ldi.