Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qaraqalpaq dәri-dәrmaq” MCHJga press-tur tashkil etildi (+video)
21:51 / 2023-09-26

“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi matbuot xizmati tomonidan “Qaraqalpaq dәri-dәrmaq” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi.

Bugungi kunda “Qaraqalpaq dәri-dәrmaq” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 19 nafar oliy ma’lumotli farmatsevt, 67 nafar o‘rta maxsus ma’lumotli farmatsevt assistent hamda 43 nafar boshqa mutaxassislikka ega  xodim ishlaydi.  

[gallery-13733]

“Qaraqalpaq dәri-dәrmaq” mas’uliyati cheklangan jamiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni  saqlash vazirligiga  qarashli  barcha  davolash-profilaktika muassasalarini hamda  ambulator  sharoitda  davolanayotgan  bemorlarni   dori vositalari bilan uzluksiz  ta’minlab  kelmoqda. Jamiyat tomonidan respublikaning barcha shahar va tuman tibbiyot birlashmalarida 83 ta ijtimoiy dorixona tashkil etilgan.  Jamiyatning 2023 yil 6 oyi davomida tovar  aylanmasi  jami  6 milliard 109 million 188,7 ming so‘mni, jumladan,  ulgurji  savdo 2 milliard 878 million  922,4 ming so‘mni,  chakana savdo 3 milliard 230   million 266,3 ming so‘mni tashkil etadi. Joriy yilning 6 oyi davomida  mahalliy  ishlab  chiqaruvchi  korxonalardan  1,7 milliard so‘mga dori  vositasi  sotib  olindi.  

Farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi mahalliy korxonalar GDP – Zarur distribyutorlik amaliyoti talablariga javob berishi lozim.  Jamiyat “Zarur amaliyotlar markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan  2023 yil aprel  oyida   O‘zbekiston  Respublikasi  davlat  standarti “Oz Dst 2764:2018  “Yaxshi  distribyutorlik  amaliyoti – GDP” davlat  standarti talablariga  muvofiqligini tasdiqlovchi sertifikat oldi. Jamiyat omborxonasi  GDP standarti  bo‘yicha  faoliyat  yuritmoqda,  buning  uchun   jamiyatda  barcha  shart-sharoit  yaratilgan.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/un01vq4MBpQ" title="“Dori-Darmon” акциядорлик компаниясига  пресс-тур ташкил этилди" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

“Qaraqalpaq dәri-dәrmaq” mas’uliyati cheklangan  jamiyati tomonidan 4 ta maxsus jihozlangan “Ko‘chma dorixona”lar tashkil etilgan bo‘lib, bular orqali Qoraqalpog‘iston  Respublikasining olis, chekka hududlarida  yashayotgan aholiga  zarur dori vositalari arzon narxlarda sifatli yetkazib berilmoqda. Bugungi kunda ushbu “Ko‘chma dorixonalar” belgilangan  tartibda shahar va tuman hokimlari  tomonidan  tasdiqlangan  jadval asosida respublikaning  barcha  hududlariga, jumladan, olis Mo‘ynoq tumanining “Shege”, “Shag‘irli”, “Porlitau”, “Ush say”, “Hakim ota” ovul  fuqarolar yig‘inlariga, Chimboy, Taxtako‘pir, Qo‘ng‘irot, Beruniy, Amudaryo,  To‘rtko‘l tumanlariga hamda Nukus shahrining chekka hududlari bo‘lgan “Bes tobe” va “Qos kol” mahalla fuqarolar yig‘inlariga borib,  aholiga xizmat qilmoqda.  

Press-tur ishtirokchilari mas’uliyati cheklangan jamiyatda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.  

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev(surat-video), O‘zA muxbirlari.