Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
  “Qaqir”dagi oilaviy poliklinika kapital ta’mirdan chiqdi
10:40 / 2025-11-10

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyatidagi Quva tumani aholisi eng gavjum hududlaridan biri hisoblanadi. Tumanning “Qaqir” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 5-oilaviy poliklinika Qaqir, Boyiston, Turk, O‘zbek va Paxtaobod mahallalarida istiqomat qiluvchi 21 mingdan ziyod aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

“Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida mazkur poliklinika binosida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, muassasa yangi qiyofa kasb etdi.

[gallery-26151]

Bugungi kunda poliklinikada 12 nafar shifokor, 40 nafar o‘rta va 10 nafar kichik tibbiyot xodimi faoliyat yuritmoqda. Muassasa zamonaviy tibbiy jihozlar va kompyuter texnikasi bilan ta’minlangan hamda elektron hisobga olish tizimiga o‘tgan. Shuningdek, shifo maskanida stomatolog, jarroh, akusher-ginekolog va UZI mutaxassislari faoliyat ko‘rsatib, aholi salomatligi tibbiyot xodimlarining doimiy nazoratida.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA