Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qapchug‘ay bozori qulay logistika markaziga aylanmoqda (video)
14:02 / 2025-07-23

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Qapchug‘ay mahallasidagi meva-sabzavot bozori mavsumiy bo‘lib, bu yerda Farg‘onadan tashqari Andijon va Namangan viloyatlari mirishkor-dehqonlari o‘zlari yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish imkoniyatiga ega.

Ayni pishiqchilik paytida har kuni ming tonna, ba’zan esa undan ham ko‘proq meva-sabzavot keltiriladigan bozorda dehqonlardan tortib, tadbirkoru eksportchilargacha uchratish mumkin.  

[gallery-24425]

Abduqahhor To‘xtasinov 20 yildan buyon meva-sabzavot eksporti bilan shug‘ullanib keladi. 2021 yilda tashkil etilgan bozor unga ham har tomonlama qulaylik yaratmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, savdo bozori 3 gektarga yaqin maydonda joylashgan. Vodiyda yagona bo‘lgan bozorda savdo-sotiq ishlari avjida. Bu yerga mamlakatimizning boshqa hududlaridan ham keluvchilar soni ortib boryapti. Eng muhimi, ushbu bozor dehqonu bog‘bonlar yetishtirgan mahsulotlarni xorij bozorlariga olib chiqishda qulay logistika manzili bo‘lmoqda.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/YTzM8QPR_Ps?si=jRUdCni-0q9OOtcC" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muqimjon QODIROV(surat,video),O‘zA