Joriy yilning 1 iyunidan “Qanot Sharq” xususiy aviakompaniyasi Samarqanddan Istanbulga muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xabariga ko‘ra, mazkur yo‘nalish bo‘yicha aviaqatnovlar haftada uch marta - seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Samarqanddan uchish mahalliy vaqt bilan soat 7:00 ga belgilangan.
“Qanot Sharq”aviakompaniyasi 1998 yilda tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekistondagi birinchi xususiy aviatashuvchi sifatida tanilgan . 2003—2012 yillarda kompaniya “O‘zbekiston havo yo‘llari” (Uzbekistan Airways) milliy aviakompaniyasidan “Il-76” rusumli samolyotlarni ijaraga olib, charter reyslarini amalga oshirgan.
2019 yilda qayta ishga tushirilgach, “Qanot Sharq”avval charter, so‘ngra muntazam yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullandi. 2022 yilda kompaniya aviaparki Amerikaning “Air Lease Corporation” kompaniyasidan lizing asosida sotib olingan “Airbus A321neo” samolyotlari bilan to‘ldirildi.
Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA