Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qanoat va shukronalik ayyomi
10:03 / 2024-04-10

Ramazon hayiti Farg‘ona viloyatida ham katta shodiyona bilan nishonlanmoqda. Shahar va tumanlardagi 194 ta jome masjidida hayit namozi o‘qildi.

Xususan, bugun erta tongdan Farg‘ona shahridagi “Toiba” jome masjidi yurtdoshlarimiz bilan gavjum bo‘ldi. Bu yerda hayit namozini ado etish uchun yig‘ilgan namozxonlarga qulaylik yaratish maqsadida barcha zaruriy ishlar amalga oshirildi. Masjidga tutash ko‘chalar vaqtincha yopilib, namozxonlar uchun joylar ajratildi.

[gallery-16868]

Masjidda Hayit namoziga yig‘ilgan barcha musulmonlar ushbu qutlug‘ va muqaddas bayram bilan qutlanib, tinch va osuda yurtda yashayotganimiz, xotirjam ibodatlar qilayotganimiz uchun yaratganga shukronalar aytildi.

Hayit bayrami arafasida “Vaqf” xayriya fondi, shuningdek, tashabbuskor homiylar tomonidan kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylariga yordam ko‘rsatildi. “Muruvvat”, Saxovat uylarida xayriya tadbirlari amalga oshirildi.

Shuningdek, muqaddas qadamjo hamda qabristonlar obodonlashtirildi.

 

M.Sulaymonov, O‘zA muxbiri

M.Qodirov olgan surat