Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qandiyonda yangi korxona ishga tushdi
16:08 / 2024-08-27

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi bayrami arafasida Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari yana bittaga ko‘paydi.

Yangiqo‘rg‘on tumanining qo‘shni Qirg‘iz Respublikasi bilan chegaradosh manzillaridan biri – Qandiyon qishlog‘ida Xitoy Xalq Respublikasi investorlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “Qandiyon g'isht” mas’uliyati cheklangan jamiyatning g‘isht ishlab chiqarish loyihasi foydalanishga topshirildi.  

Besh million AQSH dollari miqdorida sarmoya kiritilib, barpo etilgan mazkur korxonada yiliga 60 million dona pishgan g‘isht ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Bu nafaqat Namangan, balki vodiy viloyatlari aholisining qurilish materiallarga bo‘lgan ehtiyojini ham qondirishga ega.  

Yurtimizda qulay ishbilarmonlik muhiti, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan yuksak e’tibor natijasida xitoylik investorlar Shen Liang va Zang Jinyong hamda O‘zbekistondan tadbirkor Anvarjon Mahmudjonovning sarmoyasi evaziga 60 ta ish o‘rni yaratildi.  

23 gektar maydonni egallagan mazkur yangi korxonaning taqdimot marosimida Namangan viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Shavkat Abdurazzoqov bunday energiyatejamkor quvvatlarning ishga tushirilishi, avvalo, uning sifatli va raqobatbardosh mahsulotlari bilan ichki va tashqi bozorda munosib o‘rin topishida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.  

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.