Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qanday toifadagi shaxslar ijtimoiy himoyaga muhtoj hisoblanadi? (+video)
14:20 / 2023-12-11

Huquqiy munosabat

Davlatimiz tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolarga ko‘plab qulayliklar yaratilgan. Xo‘sh, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar kimlar? Ularga qanday ko‘mak beriladi? Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Javohir Eshonqulov bu borada batafsil tushuntirish berdi. 

– Vazirlar Mahkamasining joriy yil 23 martdagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa va qo‘shimcha to‘lovlarni tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash va ushbu sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali davlat xizmati sifatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi qaroriga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakil, qonunda belgilangan shartlar va me’yorlarga muvofiq davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar hisoblanadi.   

Qonunda belgilangan shartlar va me’yorlarga muvofiq, davlat pensiyasini olish huquqiga ega bo‘lmagan vafot etgan shaxsning qaramog‘idagi oilaning mehnatga layoqatsiz a’zolari, qonunda belgilangan shartlar va me’yorlarga muvofiq davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi shaxslar hamda bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor onalar ham ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar hisoblanadi.   

Yuqoridagi qarorga asosan nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik, parvarishlash, nogironlik nafaqasi, boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi hamda yoshga doir nafaqalar mavjud.   

<iframe width="640" height=420" src="https://www.youtube.com/embed/6V2Cg0S7NEU" title="Qanday toifadagi shaxslar ijtimoiy himoyaga muhtoj hisoblanadi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Davlatimiz rahbarining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi farmoni bilan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi.   

Gulnoza Boboyeva, O‘zA