French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qanday hollarda nikohni bekor qilish faqat FHDYO orqali amalga oshiriladi?
16:38 / 2022-06-23

HUQUQIY MUNOSABAT

Ma’lumki, nikoh tuzishni xohlovchi shaxslar bu to‘g‘rida ariza bilan murojaat etgan kundan keyin bir oy o‘tgach, ulardan birining yashash joyidagi FHDYO organi tomonidan qayd etiladi. Nikohni bekor qilish-chi? Agar sud er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va oilani saqlab qolishga imkoniyat bermasa-chi? Ushbu savollarimizga huquqshunos Iroda Qahhorova javob berdi.  

– Oila kodeksining 38-moddasiga ko‘ra, nikohdan ajratish ikki xil usulda amalga oshirilishi mumkin. Jumladan, FHDYO organida (ya’ni zags) va Fuqarolik sudida.  

FHDYO organlarida nikohni bekor qilish er va xotinning nikohni bekor qilishga o‘zaro roziligi, umumiy voyaga yetmagan bolalarning mavjud emasligi hamda mulkiy nizolarning mavjud emasligi holatlarida amalga oshiriladi.  

Bu holatda nikohni bekor qilishni ro‘yxatdan o‘tkazish er-xotinning qo‘shma arizasiga asosan ulardan birining yashash joyi bo‘yicha FHDYO organi tomonidan amalga oshiriladi.  

Arizada ajrashishga o‘zaro rozilik, voyaga yetmagan bolalarning yo‘qligi, shuningdek er (xotin) nikohni bekor qilish kunida FHDYO organiga kela olmasa, nikohni bekor qilishni er (xotin) hozir bo‘lmaganda ro‘yxatdan o‘tkazishga roziligi tasdiqlanadi.  

Nikohni bekor qilishni ro‘yxatdan o‘tkazish FHDYO organiga ariza berilgan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgandan keyin er-xotin yoki ulardan biri hozir bo‘lganda amalga oshiriladi va sobiq er-xotinning har biriga nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi.  

Nikohni bekor qilish ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin nikoh tuzish to‘g‘risidagi guvohnomaga u bekor qilinganligi to‘g‘rida qayd kiritiladi. Shundan keyin guvohnoma ariza beruvchilarga qaytariladi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA