Damashqda hokimiyat almashgandan keyin 250 000 dan ko‘p suriyalik Turkiyadan vataniga qaytdi, dedi Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Erliqoya “CNN Türk” telekanalida chiqish qilib.
– 2024 yil 9 dekabrdan buyon Turkiyadan Suriyaga 250 064 nafar suriyalik, ya’ni 47 ming oila qaytdi, – degan vazir. Bu miqdor o‘quv yili tugashi munosabati bilan yana ortishi kutilyapti. 2016 yildan bu yog‘iga ayni raqam 1,1 millionni tashkil qildi. Hozir mamlakatimizda 2,7 milliondan ziyod mazkur qo‘shni davlat fuqarosi vaqtincha boshpana topgan. Shuningdek, Turkiyada yashash uchun ruxsatnomaga ega 1,1 milliondan ko‘p xorijlik bor.
O‘tgan yil noyabr oyi oxirida muxolifat qurolli
tuzilmalari Suriya armiyasiga qarshi keng ko‘lamli hujum boshladi va 8 dekabr kuni Damashqqa kirib bordi. Bashar Asad Prezident lavozimidan iste’foga chiqdi va mamlakatni tark etdi. Yangi ma’muriyat rahbari Ahmad Al-Shara’ 29 yanvar kuni o‘tish davri yetakchisi sifatida e’lon qilindi.
S.Rahimov, O‘zA