Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi Liviya rahbari Muammar Qaddafiy mablag‘lari bilan 2007 yilgi saylov kampaniyasini moliyalaganlikda ayblanib, besh yillik qamoq jazosini o‘tashni boshladi. Shu bilan u Fransiya tarixida qamoqqa kirgan birinchi yetakchi bo‘ldi.
Sarkozi Parijdagi “ La Sante” qamoqxonasiga joylashtirildi. U xavfsizlik sabab izolyatsiya bo‘limida saqlanadi. Uning kamerasi 10 kv.m atrofida bo‘lib, ichida yotoq, stol, kichik dush va televizor mavjud.
U qamoqqa ketishdan avval X (sobiq Twitter) sahifasida shunday deb yozdi:
– Bugun ular sobiq prezidentni emas, begunoh odamni qamashyapti, ammo ishonamanki, bir kun kelib haqiqat yuzaga chiqadi.

Amaldagi prezident Emmanuel Makron sobiq rahbarni insoniy jihatdan “tabiiy ravishda” qabul qilganini aytdi, adliya vaziri esa uning xavfsizligini shaxsan nazorat qilishini bildirdi.
Sarkozi o‘z aybini rad etmoqda. Sud uni jinoyat uyushmasi bilan hamkorlik qilganlikda aybli deb topgan, lekin shaxsan pul olganini isbotlovchi dalillar topilmadi. U apellyatsiya shikoyatini kiritgan bo‘lsada, biroq hukm “darhol ijro etilishi kerak” deb qaror qilindi.
Ta’kidlanishicha, sobiq lider qamoqqa ikki kitob: “Iso hayoti” va “Graf Monte-Kristo”ni olib kirgan. Bu esa uning o‘zini “adolatsizlik qurboni” deb his qilayotganini anglatadi.
Musulmon Ziyo, O‘zA