English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qamoqdan hashamatgacha: kechagi panjara orti bugun…
11:00 / 2026-02-09

Bir paytlar qattiq tartib, tor kameralar va sovuq devorlar hukmron bo‘lgan qamoqxonalar bugun sayyohlar orzu qiladigan hashamatli manzillarga aylanmoqda.

2026 yilning asosiy sayohat trendlaridan biri sifatida tilga olinayotgan “salvaged stays” (tarixiy binolarni zamonaviy mehmonxonaga aylantirish) — sobiq hibsxonalarni ham yangi hayot sari yetakladi.

Nara Park Hotel, Nara (updated prices 2026)

Yaponiyaning Nara shahrida 1908 yilda voyaga yetmaganlar uchun qurilgan qamoqxona yaqin orada besh yulduzli mehmonxonaga aylanish arafasida. Bir paytlar bitta mahbus uchun mo‘ljallangan kameralar bugun birlashtirilib, keng lyuks xonalarga o‘zgartirildi. Ruh o‘sha-o‘sha: qizil g‘ishtli fasad, po‘lat konstruksiyalar, ammo ichki muhit — qulay va zamonaviy. Hatto sobiq so‘roq izolyatori endi yapon-fransuz restorani sifatida xizmat qiladi.

Beyazıt Meydanı'ndan Taksim Meydanı'na Bellek Mekanları

Istanbul markazidagi sobiq Usmonlilar davri qamoqxonasi esa bugun shaharning eng nufuzli mehmonxonalaridan biri hisoblanadi. Bir vaqtlar yozuvchi va jurnalistlar saqlangan bu binoda turk adabiyotining mashhur asarlari yozilgan. Bugun esa Bosfor bo‘g‘oziga qaragan keng xonalar va sokin hovli mehmonlarni qarshi oladi. Qamoqxona o‘tmishidan faqat marmar va tosh detallar xotira sifatida qolgan.

An Ottoman-era lock-up and a juvenile jail: How former prisons are turning  into five-star hotels | Euronews

Germaniyaning Offenburg shahrida 1840 yillarga oid hibsxona “Liberty” nomli mehmonxonaga aylantirilgan. Bino ichidagi “Suv va non” deya nomlangan restoran bu yerning o‘tmishiga kinoyali ishora. Kameralarning eski eshiklari esa bezak sifatida saqlanib qolingan.

This Historic Boston Jail Is Now a Luxury Hotel With Incredible Views of the  City

Ayniqsa, AQSHning Boston shahrida 1851 yilda qurilgan “Charlz-street” qamoqxonasi yorug‘ zali bilan mashhur mehmonxonaga aylangan. Bir vaqtlar mahbuslar mashq qilgan hovli bugun yashil landshaftli ichki bog‘. Bar va restoranlar nomi ham o‘tmishni eslatadi. 

Raising the Bars: Hard Labour Pays Off for Pentridge Hotel Conversion | The  Urban Developer

Avstraliyaning Melburn yaqinidagi “Pentridge” qamoqxonasi esa yanada chuqur ma’noga ega. Og‘ir jinoyatchilar saqlangan bu joy bugun sog‘lomlashtirish va dam olish maskani sifatida tanilgan. Bir nechta kameralar qo‘shilib, sokin lyuks xonalar yaratilgan, yer osti basseyni esa asosiy diqqat markazi. 

Guvoh bo‘lganingizdek, bu mehmonxonalar shunchaki tunash joyi emas. Ular tarix bilan yuzma-yuz kelish, o‘tmishning og‘ir sahifalarini zamonaviy qulaylik bilan birlashtirishga urinishdir. Kechagi panjara orti bugun hashamat, sukunat va tajriba izlagan sayyohlar uchun yangi manzilga aylangan.

Musulmon Ziyo, O‘zA