Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qamchiq” dovonida qor yog‘moqda
12:58 / 2023-12-27

FOTOREPORTAJ

Ayni vaqtda “Qamchiq” dovonining yuqori nuqtalarida qor yog‘moqda. “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari, YPX va “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari hamkorligida yo‘lni qordan tozalash va muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish, qum-tuz aralashmasini sepish ishlari olib borilayotir. Xavfsizlik ta’minlangan holda, dovon yo‘li avtomobillar uchun ochiq va ikki tomonlama harakat davom etmoqda.

Shu o‘rinda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda barcha haydovchilardan oraliq masofani saqlagan holda harakatlanish, tezlikni belgilangan me’yordan oshirmaslik, avtotransport shinalariga e’tiborli bo‘lish va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish so‘rab qolinadi. Zarurat bo‘lmasa dovon yo‘liga chiqmaslik tavsiya etiladi.  

[gallery-15234]

“Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi tomonidan xabar berilishicha, dovon yo‘lida xohlovchilar uchun isinish punktlari tashkil etilgan.

O‘zA suratlari