Qamchiq dovonida qor yog‘moqda
A-373 “M-39 a/y Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon orqali-O‘sh” avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismi 181-248 kilometrlar oralig‘ida qor yog‘moqda.
Qor yog‘ib turgan paytda dovonda transport vositalarining beto‘xtov ikki tomonlama harakatlanishini ta’minlash uchun "Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK tomonidan yo‘l qoplamasida sirpanchiq bo‘lmasligini oldini olish maqsadida tunu-kun yo‘llarga qum-tuz aralashmasi sepilib, yo‘llar qordan tozalanmoqda.
Transport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda. Yo‘llarda ko‘rinish 1000 metrni, havo harorati -4 daraja, namlik 72 foizni tashkil etmoqda. Shamol tezligi 2-5 m/s. Shuningdek, Toshkent viloyatining Angren shahri va Bo‘stonliq tumanlarida ham qor yog‘moqda. Hududda harakatlanayotgan haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlari tavsiya qilinadi.
<iframe width="455" height="809" src="https://www.youtube.com/embed/GBbMCu0npsM" title="Qamchiq dovonida qor yog‘moqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>
A.Musayev,O‘zA.