“Qamchiq” dovonida nazorat qilish punktlari ish boshladi
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 maydagi “Transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilishni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida – transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish turg‘un (statsionar) va ko‘chma punktlarini qurish hamda jihozlash ishlarini amalga oshirish belgilangan edi.
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi A373 “M39 avtoyo‘li - Guliston - Bo‘ka - Angren - Qo‘qon va Andijon orqali - O‘sh” xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonidagi 193- va 273-kilometrlarida joylashgan og‘ir yuk tashuvchi avtotransport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish punktlari – avtomobil yo‘lidagi ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilgandan so‘ng yana o‘z faoliyatini boshlaganini ma’lum qiladi.
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi,
Matbuot xizmati