Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qamchiq” dovonida avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda
13:59 / 2022-12-05

A-373 “M-39 a/y Guliston – Bo‘ka – Angren – Qo‘qon – Andijon orqali O‘sh” avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismining 171-294 kilometrlar oralig‘ida qor yog‘moqda.

Hududda avtotransport vositalarining to‘xtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini ta’minlash maqsadida "Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK tomonidan yo‘l qoplamasida sirpanchiq bo‘lmasligi uchun tunu-kun mashina-mexanizmlar yordamida yo‘l qoplamasini qordan tozalash va qum-tuz aralashmasi sepish ishlari amalga oshirilmoqda.  

Ayni paytda avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanishi ta’minlanmoqda. Yo‘llarda ko‘rish darajasi 900 metrni, havo harorati -7 darajani, namlik esa 82 foizni tashkil etmoqda. "Qamchiqavtoyo‘l" ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi “Qamchiq" dovoni orqali harakatlanayotgan haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini tavsiya qiladi.  

<iframe width="1280" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/TNZXsO44mrM" title="“Qamchiq” dovonida avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

 

A.Musayev,  

O‘zA.