Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qalqon-2” jamoasi musobaqa g‘olibi
11:53 / 2022-04-23

Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrugida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, qator vazirlik, korxona va tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan “Yosh chegarachilar” harbiy vatanparvarlik musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Har qanday jamiyatning taraqqiyoti va kelajagi unda voyaga yetayotgan sog‘lom va barkamol yosh avlodga bog‘liq. bugungi kunda milliy qadriyatlar, xalqlarning madaniyati va o‘zligiga bo‘lgan tahdidlar, yot g‘oyalarni singdirishga bo‘layotgan urinishlar kuchayib borayotgan globallashuv jarayonida o‘sib kelayotgan yoshlarni bu kabi illatlardan asrash dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.

Mamlakatimizda har tomonlama rivojlangan, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyat va an’analarga, keksa avlod vakillariga hurmat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhidagi yoshlarni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ayni maqsadga xizmat qiluvchi harbiy vatanparvarlik musobaqasida 6 ta jamoa o‘zaro bellashdi. Qizg‘in va murosasiz tarzda o‘tgan musobaqaning natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni Taxtako‘pir tumanidan “Qalqon-2” jamoasi, ikkinchi o‘rinni Qo‘ng‘irot tumanidan “Ustyurt sarhadlari” jamoasi, uchinchi o‘rinni  Amudaryo tumanidan “Burgut” jamoasi egalladi.

Musobaqa g‘oliblari va faol ishtirok etgan jamoalarga musobaqa tashkilotchilari hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA