English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qaldirg‘och” oromgohi ish boshladi
09:30 / 2022-06-07

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida “Qaldirg‘och” bolalar yozgi oromgohi ish boshladi.

Oromgohda bolalarning dam olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa, suv havzalari, shaxmat maydonchalari va turli yangi turdagi arg‘imchoqlar sabab bu yer ularning sevimli dam olish maskaniga aylanishi shubhasiz.

Ushbu oromgohda tumandagi 87 ta maktabning 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilari qamrab olingan. Ahamiyatli jihati, dam oluvchilarning salomatligi, tozaligi, orastaligi, ovqatlanish tartibi shifokorlarning doimiy e’tiborida bo‘lib, ularning xavfsizligini ta’minlash ham doimiy nazorat qilib boriladi.

Oromgohda bolajonlarga oliy ma’lumotli, tajribali tarbiyachilar, yetakchilar jalb etilgan. 9 avgustga qadar 500 nafar o‘quvchi dam olishi rejalashtirilgan. Ushbu vaqt mobaynida ular vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bilan birga ko‘plab do‘stlar orttiradi.

Dam olish maskanida haftaning har bir kuni yosh kitobxon, xorijiy tillar, musiqa, rasm va boshqa to‘garaklar mashg‘ulotlari orqali bolalarning bilim darajasi mustahkamlab boriladi. O‘g‘il-qizlarning futbol, voleybol, basketbol, badiiy gimnastika, shaxmat-shashka, stol tennisi, suzish va boshqa sport turlari bilan shug‘ullanishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Bunday shart-sharoitlar ularning sog‘lom o‘sishi, bilim va dunyoqarashini kengaytirib, ona yurtimizga mehrini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Dovud Abibullayev, O‘zA