Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qalbga Vatan so‘zin xatlab bergansiz (+video)
18:10 / 2023-09-30

Biz bir umr oldida qarzdor bo‘lgan zot – Ona ekanligini yaxshi bilamiz. Lekin yana bir ulug‘ zot borki, u ham onadek mehribon va ardoqli. Bu bizning muallimlarimiz, aziz ustozlarimizdir. Yosh avlodni umuminsoniy va milliy qadriyatlarga sadoqat, yuksak manaviy-axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalayotgan ustozdek ulug‘ zotlarning oldida barchamiz birdek qarzdormiz albatta.

Kecha poytaxtimizdagi “Adiblar xiyoboni”da mamlakatimiz ta’lim taraqqiyotiga o‘zlarining beminnat hissalarini qo‘shib kelayotgan ziyolilar jam bo‘ldi. Tadbir avvalida mehmonlar Hazrat Mir Alisher Navoiy poyiga gulchambar qo‘yishdi. So‘ng hamkasblar bir-birlarini bayram bilan qutlab, bugungi kunlarga shukronalar aytishdi.

Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir…” deya takidlaganida ming bora haq edi. Sababi, tarbiyali, ilmli insongina xonadoniga, el-yurtiga naf keltiradi. Zero, shoirlar ham eng shoh satrlarini dastlab mana shu insonlarga bag‘ishlagan:

Sharhlab bermoq uchun mehnatingizni,

Sizning bir soatlik zahmatingizni.

Qirq ming chirog‘ bilan ko‘p shamlar kerak,

Qirq bahor yana qirq ko‘klamlar kerak.

Dunyoda mansablar, saodat shohsupasiga chiqqanlar nihoyatda ko‘pdir, lekin ular ham ustozlari oldida hamisha qarzdordirlar. Faqat ugina o‘zi yetolmagan, ammo shogirdi yetgan iqbolga chin dildan sevina oladi. Faqat ugina uyqusiz o‘tgan tunlari, chekkan zahmatlarini minnat qilmaydi. Faqat uning mehru muhabbati beg‘araz. Dunyoning barcha gullari sizga poyondoz bo‘lsin. Borliqdagi jamiki yaxshiliklar nasib etsin sizga. Hech qachon zavol ko‘rmang, aziz ustozlar!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

<iframe width="853" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/gC1iGyMjezY" title="Qalbga Vatan so‘zin xatlab bergansiz" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

O‘tkir Mirzo, Nishon Abduvohit (video), O‘zA