Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qalbga nur, hayotga ma’no baxsh etgan sayohat
11:47 / 2025-08-13

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi tashabbusi bilan Sirdaryo tumanidagi “Muruvvat” ayollar internat uyi tarbiyalanuvchilari uchun esda qolarli sayohat tashkil etildi. Ular Toshkent viloyatidagi muqaddas maskanlardan biri — “Zangi ota” ziyoratgohini tomosha qilishdi.

Bu ziyorat ishtirokchilar uchun oddiy sayohat emas edi. U aslida qalblarga nur, orom,  iliqlik baxsh etguvchi, ruhni yuksakka ko‘taruvchi ma’naviy safar bo‘ldi.

– Yaratilgan shart-sharoit, kunlarimizni mazmunli va xotirjam o‘tkazish uchun ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik — bularning barchasi bizni quvontiradi, – deydi tarbiyalanuvchilardan biri Muazzam aya. – Avvalo, buning uchun Prezidentimizga cheksiz minnatdorlik bildiramiz. Bizga ko‘rsatilayotgan e’tibor va mehrni umrimiz oxirigacha qadrlaymiz.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri