Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qalbaki puldan foydalangan shaxs qo‘lga olindi
11:07 / 2021-06-16

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan olib borilgan tekshiruvlar va dastlabki tergov davomida aniqlanishicha Buxoro shahri Avshor mahallasida yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro H.M. boshqa shaxslar bilan oldindan jinoiy til biriktiradi.

Natijada Buxoro shahridagi «Rahmatillo» MCHJga tegishli bo‘lgan savdo do‘konidan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilib, 2 dona soxta 100.000 so‘mlik pul kupyuralari bilan hisob-kitob qiladi.

Viloyat IIB Ekspert kriminalistika bo‘limining xulosasiga ko‘ra, hujjatlashtirib olingan ushbu har ikkala 100.000 so‘mlik pul kupyuralarining qalbaki ekanligi tasdiqlangan.

Hozirda holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 176-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA