Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qalbaki pul ishlab chiqargan jinoiy guruh qo‘lga olindi
13:53 / 2023-07-03

Buxoroda qalbaki so‘m kupyuralarini ishlab chiqargan jinoiy guruhning kirdikorlari fosh etildi. Bu haqida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

G‘ijduvon tumani Ichki ishlar boshqarmasi TQX JQB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida tumanning Sharq mahallasida yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro S.A., Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Malikobod mahallasida yashovchi 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.B., qo‘shni mahallaning F.Xo‘jayev ko‘chasida yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro D.A. va 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro A.D. 3 nafar sheriklari bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib oladi.  

Natijada qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tishadi. Guruh joriy yilning 19 iyun kunidan 26 iyun kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Buxoro shahri A.Temur ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylardan biridagi vaqtinchalik ijaraga olgan xonadonda “Epson L-3100” rusumli rangli printer yordamida 100.000 so‘mlik pul kupyuralarini kelgusida o‘tkazish maqsadida ko‘paytirish yo‘li bilan yasab kelgan. Qalbaki pullarni savdo do‘konlari va fuqarolarga o‘tkazib kelayotganliklari aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olinadi.  

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan ushbu jinoiy guruhning 4 nafar a’zolariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.  

 

Zarif Komilov, O‘zA