Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qalbaki mahsulotlar muomalaga kiritilishining oldi olindi
14:51 / 2024-06-03

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Rishton tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “D.P.” OK rahbari O.I. o‘ziga tegishli savdo do‘konida “Stolichnaya” nomli qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu do‘kondan 51 turdagi jami 569 dona qalbaki aksiz markali alkogol va 142 quti tamaki mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xuddi shunday, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining  Qo‘shtepa tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Qamishtepa” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan spirtli ichimliklar savdo do‘koni sotuvchisi Z.Yu. “Keklik” va “Rjanaya” nomli qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini sotayotgan vaqtida ushlanib, ushbu do‘kondan 13 turdagi jami 398 dona qalbaki aksiz markalari alkogol mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.   

M.Sulaymonov, O‘zA muxbiri