Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qalbaki alkogol mahsulotlari to‘xtatib qolindi
15:37 / 2025-11-04

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani bo‘limi, DXX va Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qalbaki alkogol mahsulotlari to‘xtatib qolindi.

Jumladan “Bes tobe” YPX maskanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar N.G. va S.K. “Cobalt” rusumli avtomashinasida umumiy bahosi 52,8 million so‘mlik 1 ming 266 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini sotish maqsadida Shumanay tumaniga olib ketayotgan vaqtida to‘xtatildi. Tezkor tadbir ishtirokchilari  tomonidan  ushbu alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri