Qalbaki 3,9 ming dollar muomalaga kiritilishining oldi olindi
Valyuta qimmatliklarini ayirboshlashni banklar orqali qonuniy tarzda amalga oshirish maqsadga muvofiq. Aks holda...
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.X. Yangiqo‘rg‘on shaharchasida boshqa bir fuqaroga jami 39 dona 100 AQSH dollari bo‘lgan qalbaki kupyuralarni 16,3 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zA