Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qalbaki 200 ming so‘mlik pullar aniqlandi
12:00 / 2022-11-22

Fuqarolar Z.E. va K.K. Bo‘ka tumani markaziy ko‘chasida joylashgan savdo markazida amalga oshirgan xaridi uchun “F.S” mas’uliyati cheklangan jamiyati sotuvchisi N.Q.ga ikki dona 200 ming so‘mlik pul bergan.

Sotuvchi berilgan yangi pullardan shubhalanib, ularni tekshirib ko‘rgan va qalbakiligini aniqlagan.    

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘ka tumani bo‘limi tomonidan Ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda qalbaki pul egalarini aniqladi.  

Departament matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

 

O‘zA