Farg‘ona tumanida issiqxona xo‘jaliklari faoliyati yildan-yilga kengayib, aholi uchun barqaror daromad manbai sifatida rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, qalampir yetishtirish hududda iqtisodiy jihatdan samarali “drayver” yo‘nalishlardan biriga aylandi.
Tumandagi Guzar mahallasida istiqomat qiluvchi tajribali tomorqachi Abdurasul Ahmedovning ta’kidlashicha, avval tomorqada mevali daraxtlar parvarishlangan bo‘lsa-da, kutilgan natijaga erishilmagan. Shu bois iqlim sharoiti va bozor talabidan kelib chiqib, qalampir yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan.
[gallery-27134]
18 sotix maydonda joylashgan issiqxonada zamonaviy tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilgan. 2025 yil noyabr oyida ekilgan ko‘chatlardan ayni kunlarda hosil yig‘ishtirib olish ishlari boshlangan. “Qora akula” navli qalampir serhosilligi va bozorbopligi bilan ajralib turadi.
Mahallada yetishtirilayotgan qalampir mahsulotlari eksportga ham yo‘naltirilayotgani sohaning yanada rivojlanishiga, yer maydonlaridan samarali foydalanishga xizmat qilmoqda.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/gXilzAZ5-5M?si=PjmWiHWTEwOcv1qf" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muqimjon QODIROV(surat,video),O‘zA