Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qalam ahliga ehtirom
15:39 / 2023-06-27

27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Guliston shahridagi “Farovon” tantanalar uyida tashkil etilgan tadbir chinakam bayramga aylandi. Unda bosma nashrlar, televideniye ijodkorlari, matbuot kotiblari, ijtimoiy tarmoq faollari va blogerlar jam bo‘ldi.

Tadbirda ishtirok etgan Sirdaryo viloyati hokimi, senator Akmaljon Mahmudaliyev sharafli kasb egalarini qizg‘in tabriklab, ularning zahmatli mehnatlarini e’tirof etdi.  

– Fursatdan foydalanib bugungi globallashuv sharoitida axborot xurujlari kuchaygan murakkab vaziyatda aholiga tezkor va ishonchli axborot yetkazib berish, mamlakatimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, voqea-hodisalarni atroflicha aks ettirish yo‘lida o‘z burchini sidqidildan ado etib kelayotgan siz, matbuot ahliga chuqur minnatdorchilik bildirib, mashaqqatli va olijanob faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman, – dedi viloyat hokimi. – Ayni vaqtda barchamiz bir haqiqatni unutmasligimiz zarur. Axborot maydonidagi turli bahs va tortishuvlar, avvalo, haqqoniylik va xolislik tamoyillariga asoslanishi, qonun va odob qoidalari doirasida bo‘lishi, shaxsiy g‘araz va xusumatga, soxta obro‘ orttirish usuliga aylanib ketmasligi, inson shaxsi va sha’nini tahqirlashdan yiroq bo‘lishi lozim.  

Bayram tantanasida viloyat media maydonidagi faol ishtiroki, fidokorona mehnatlari uchun bir qator faxriy jurnalistlar, faol matbuotchi hamda blogerlar viloyat hokimligining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

Tantanali tadbir elimiz ardog‘idagi san’atkorlar, yosh iste’dodlar ishtirokidagi konsert dasturi bilan yanada zavqli bo‘ldi.  

Shuhrat Suyarov, O‘zA