French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Qalajiq qal’asi" – Xorazmning bebaho merosi
14:47 / 2025-09-25

Xorazm zaminida qadimiy sirlarni o‘zida mujassam etgan ko‘plab obidalar mavjud.

Shulardan biri – miloddan avvalgi davrlardan Xorazm mudofaa tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lib kelgan "Qalajiq qal’asi". U karvon yo‘llarini nazorat qilgan, dushman hujumlariga qarshi qo‘rg‘on vazifasini o‘tagan va “tirik devor” sifatida tarixda o‘chmas iz qoldirgan.

Arxeologik tadqiqotlarga ko‘ra, qal’a devorlari loy g‘ishtdan bunyod etilgan bo‘lib, o‘sha davr qurilish san’atining yuksak namunasi hisoblanadi. Qalajiq nafaqat strategik nuqta, balki Xorazmning ijtimoiy-siyosiy hayotida ham muhim markaz bo‘lgan.

Bugun esa bu maskan tarixiy xotira va turizm markaziga aylangan. Qal’a devorlarida kezgan sayyoh o‘zini ming yil ortga qaytgandek his etadi: jangchilarning qilich jarangi, qadimiy karvonlarning qadamlari xayolda jonlanadi. Qalajiq atrofida hunarmandlarning san’at asarlari, mahalliy madaniyat va mehmondo‘stlik sayyohlarga alohida taassurot uyg‘otadi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/YZGnT6iBvAw" title="&quot;Qalajiq qal’asi&quot; – Xorazmning bebaho merosi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Ziyovuddin NURIDDINOV, 

Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA