Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qahraton qish: qo‘shnilarimiz ta’lim muassasalarida ham qishki ta’til uzaytirilgan
10:38 / 2023-01-11

Mintaqamizda ob-havoning sovib ketishi ta’lim muassasalarida qishki ta’tilning cho‘zilishiga sabab bo‘lmoqda. Ayni paytda qo‘shni mamlakatlarda ham o‘quvchilar maktablariga qaytgani yo‘q. Masalan, Tojikistonda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar barcha ta’lim muassasalarida qishki ta’til 16 yanvargacha uzaytirilgan.

“Xovar” axborot agentligining mamlakat ta’lim va fan vazirligi matbuot xizmatiga tayanib yozishicha, Tojikiston Respublikasi ta’lim va fan vazirining joriy yil 10 yanvarda chiqargan «maktabgacha va umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining qishki ta’tilini uzaytirish haqidagi buyrug‘i” chiqqan. Shunga asosan barcha maktablarda o‘quvchilarning qishki ta’tili 16 yanvargacha uzaytirildi.

Xabarda ta’kidlanishicha, ta’til vaqtida qoldirilgan darslar 2022-2023 o‘quv yilining ikkinchi yarmi uchun tasdiqlangan alohida qo‘shimcha mashg‘ulotlar jadvali bo‘yicha bahorgi va yozgi ta’til kunlari hisobidan qoplanadi.

Tojikistonda ham 10 yanvardan 15 yanvargacha harorat 15-20 darajagacha sovib ketishi ma’lum qilingan. Shuningdek, xabarda mamlakatning ayrim hududlarida tungi harorat – 24 darajagacha tushishi aytilgan.

Qozog‘istonning ham ko‘plab hududlarida maktablarda darslar onlayn formatga o‘tkazildi

Как будут казахстанские школьники учиться в третьей четверти - 17.01.2022,  Sputnik Казахстан

“Kazinform” agentligining yozishicha, 11 yanvardan Sharqiy-Qozog‘iston viloyatining ayrim shaharlarida 4-sinfgacha, boshqa shaharlarida 9-sinfgacha mashg‘ulotlar bekor qilingan.

Pavlodarda ham mashg‘ulotlar masofaviy shaklda olib borilmoqda. Viloyat markazida havo harorati -29 darajagacha qayd etilmoqda, deb yozmoqda Pavlodarnews.kz sayti. Shuningdek, Qarag‘anda, shaharlari, Abay, Atirou, Aktyube  viloyatlarida mashg‘ulotlar onlayn formatga o‘tkazilgan.

Poytaxt Ostanada ham maktab o‘quvchilari kollej talabalari masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazildi, deyiladi xabarda.

Qirg‘izistonda ham bahorgi ta’tillar qishki ta’til uzaytirilgani sababli qisqa bo‘ladi 

Qirg‘izistonda ham qahraton sovuq qishki ta’tilning uzaytirilishiga sabab bo‘lmoqda, natijada bahorgi ta’tillar qisqaradigan bo‘ldi, deb xabar tarqatdi Qirg‘iziston Respublikasi ta’lim vazirligi. 

2022-2023 o‘quv yili uchun belgilangan o‘quv rejasiga o‘zgartirish va to‘ldirilish kiritiladi:
- qishki ta’til 2022 yil  30 dekabrdan 2023 yil 15 yanvargacha uzaytiriladi. Mashg‘ulotlar 2023 yil 16 yanvardan boshlanadi;
- bahorgisi 22 martdan to 2023 yil 26 martgacha bo‘lib, mashg‘ulotlar 2023 yil 27 martdan boshlanadi.

Maktabgacha ta’lim muassasalari sanitar-epidemiologik nazorat tashkilotlarining ko‘rsatmasi bo‘yicha ishlaydi, deyiladi “Kabar” axborot agentligi tarqatgan xabarda.

Saidmurod Rahimov, O‘zA