Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qahramonmarashdan maxsus fotoreportaj
15:17 / 2024-02-10

Xizmat safari bilan Turkiya Respublikasida bo‘lib turgan O‘zA ijodiy jamoasi o‘tgan yil 6 fevral kuni ro‘y bergan kuchli zilzila epitsentri Qahramonmarash viloyatidan maxsus fotoreportaj tayyorladi.

Joriy yil 9-12 fevral kunlari O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat delegatsiyalar uchun Turkiyaning Qahramonmarash, Adiyaman va Malatya viloyatlariga press-tur uyushtirildi.

[gallery-15908]

Qahramonmarashda 1 million 170 ming kishi yashaydi. O‘zA tayyorlagan fototo‘plamda hududda ro‘y bergan tabiiy ofat oqibatida yuzaga kelgan vayronalar, shu bilan birga bir yil ichida qurib, aholiga topshirilgan uylar, barpo etilgan yangi maktab, sport maydonchalari va ish ofislari aks etgan.

Qahramonmarashda 7491 ta bino vayron bo‘ldi, 4434 ta ob’ekt shoshilinch buzilgan. Jami 53 945 ta bino zarar ko‘rgan. Chiqindilarni olib tashlash jarayonining 93,68 foizi bajarilgan. Shuningdek, aholi istiqomat qilib turgan konteynerlar shaharchasida shart-sharoit mavjud, jumladan, yoshlar ta’limi olishi uchun imkoniyatlar yaratilgan.

Behruz Xudoyberdiyev, Nozimjon Mardonov (surat), O‘zA